Ibragimovich, Leau va Rebich "Roma"ga qarshi o'yinga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

"Milan"ning hujum triosi Zlatan Ibragimovich, Rafael Leau va Ante Rebich Italiya chempionati doirasidagi "Roma"ga qarshi 6 yanvarga belgilangan o'yinga tayyor bo'ladi. MilanNews muxbiri Antonio Vitielloning xabar berishicha, seshanba kuni shved, portugal va xorvat bir guruhda mashg'ulot o'tkazgan.
Zlatan Ibrahimovich 2021 yilning so'nggi o'yinida tizzasidagi muammolar tufayli “Milan” safida maydonga tushmagan edi. Rafael Leau jamoaning so'nggi uchta o'yinini, Ante Rebich esa turli muammolar tufayli deyarli ikki oyni o'tkazib yubordi.
"Milan" - "Roma" o'yini 6 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311