"Everton" yana bir transferni e'lon qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Angliyaning "Everton" klubi Shotlandiyaning "Reyndjers" himoyachisi Natan Pattersonni o'z safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.
Ushbu transfer "Everton" uchun 16 million funtga tushdi. 20 yoshli Shotlandiya terma jamoasi futbolchisi liverpulliklar bilan 2027 yilgacha shartnoma imzoladi.
"Bugun xursandligimdan ettinchi osmondaman va jamoadagi debyut o'yinimni intizorlik bilan kutyapman. Bu o'tish uchun qulay tanlov bo'ldi. "Everton" - uzoq tarixga ega ajoyib jamoa va ajoyib muxlislarga boy. Shubhasiz, jamoa hozir egallab turgan o'riniga munosib emas, lekin bu tarkib bilan o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olamiz, men bunga ishonaman" - dedi futbolchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318