Rasman! Xurshid G'iyosov — AGMK futbolchisi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83

AGMK jamoasi selektsiya ishlaridagi dastlabki transferlarini e'lon qilishni boshlaydi.
«Bunyodkor» futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan hamda ushbu jamoada 7 mavsumni o'tkazgan va 2022 yildan e'tiboran erkin agentga aylangan iqtidorli hujumkor yarim himoyachi Xurshid G'iyosov AGMK futbol klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Xurshid G'iyosov bir muddat «Obod» va Janubiy Koreyaning «Anyang» klublarida ham faoliyat yuritgan. Futbolchi faoliyati davomida klub tizimida jami 153 o'yin o'tkazgan va raqiblar darvozasiga 37ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Xurshid G'iyosov haqida qisqacha ma'lumot: futbolchi 1995 yil, 13 aprel kuni tavallud topgan. Sevimli raqami — 10.
AGMK matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314