FIFA Pushkash sovrini 3 nafar nomzodni e'lon qildi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) 2021 yilning eng chiroyli goli — Ferents Pushkash sovriniga nomzodlarning qisqartirilgan ro'yxatini e'lon qildi.
Dastlab kengaytirilgan ro'yxatdan 11 nafar o'yinchi o'rin olgan bo'lsa, so'nggi ro'yxatda 3 nafar futbolchi qoldi. Nomzodlar:
Erik Lamela, «Arsenal» — «Tottenxem» (APL, 14 mart);
Patrik Shik, Chexiya — Shotlandiya (Evro-2020, 14 iyun);
Mehdi Taremiy, «Chelsi» — «Portu» (Chempionlar ligasi, 13 aprel).
Ferents Pushkash sovrini g'olibi 17 yanvar kuni bo'lib o'tadigan FIFAning yil sovrindorlarini taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318