"Arsenal" Obameyangni sotolmaslikdan qo'rqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

Londonning "Arsenal" jamoasi iloji boricha qishning o'zida Per-Emerik Obameyang bilan xayrlashish niyatida.
Ma'lumotlarga ko'ra, ayni vaqtda forvard Evropaning bir qator top klublari bilan muzokaralar olib bormoqda. Ammo tomonlar kelishuvga erishishdan juda yiroq. "Kanonirlar" Obameyangning haftasiga 350,000 evrolik maoshini boshqa jamoalar to'lay olmasligidan qo'rqmoqda. Shuning uchun londonliklar uni kamida ijaraga berib yubormoqchi.
Ma'lumot uchun, gabonlik to'purarning britan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi.
Joriy mavsum u APLning 14 o'yinda maydonga tushib, 4 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318