Allegrining rejalariga kiritmayotgan futbolchi "Nyukasl" bilan muzokara o'tkazmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

"Yuventus"ning uelslik yarim himoyachisi Aaron Remzi APLga qaytishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, "keksa sinora" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri futbolchiga ortiq ishonmasligini va o'ziga yangi klub qidirishi mumkinligini aytgan. Ayni vaqtda Remzi "Nyukasl" bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Agar "hakkalar" futbolchi bilan kelisha olsa, turinliklarga taklif bilan chiqishga tayyor.
Ma'lumot uchun, 31 yoshli Aaronning itlyan superklubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan. Transfermarkt futbolchini 5 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274