"Borussiya D" va "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gretsiya klubini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

Shinji Kagava Gretsiyaning PAOK jamoasini tark etdi.
32 yoshli yaponiyalik futbolchi klubni tark etishini Twitter sahifasida ma'lum qildi. Tomonlar o'zaro kelishuvga binoan shartnomani bekor qildilar. Shu tariqa yarim himoyachi erkin agentga aylandi.
Gretsiya chempionatining joriy mavsumida Kagava bor-yo'g'i bitta o'yinda maydonga tushgan. Avvalroq u Dortmundning "Borussiya", "Manchester Yunayted", "Beshiktosh" va "Saragosa" klublarida ham o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
329