Eldor Shomurodov Frantsiya chempionatiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 191

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda, “upl” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Shomurodovga Frantsiyaning “Monako” klubidan taklif bor. Frantsuz klubi qishki transferlar vaqtida hujum chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Shomurodov jamoa rahbariyatining qisqa “short-listi”ga kiritildi.
“Monako” Eldorni yozgi transfer oynasida sotib olish imkoniyati bilan qishda ijaraga olishi mumkin. Hozircha o'zbekistonlik hujumchining “Roma”dagi faoliyati yaxshi ketayotgani yo'q. Rimliklar boshqa pozitsiyalarni mustahkamlash uchun Eldordan sotishga qarshi bo'lmasligi mumkin. Eslatib o'tamiz, “Monako” ayni damda Frantsiya chempionatida 6-o'rinni egallab turibdi
Manba: UPL
Bosh sahifaga
303