"Chelsi" Lukakuni jarimaga tortadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

“Gazzetta.it” nashrining yozishicha, londonliklar 28 yoshli belgiyalik futbolchini bir necha kun avval bergan shov-shuvli intervyusi uchun jarimaga tortishga qaror qilishgan.
Ma'lum qilinishicha, jarima miqdori taxminan 600 ming evroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Lukaku shov-shuvli intervyu berib, Tuxelning o'yin tizimini shubha ostiga olgan va o'zining maydondagi rolidan noligan edi. Bundan tashqari, Lukaku o'tgan yozda "Inter"dan ketganidan afsusda ekanligini aytgan.
Joriy mavsumda forvard “aristokratlar” safida APLda 13 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311