"Nyukasl" Azmun va "Lion" o'rtasidagi muzokarani barbod qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Rossiyaning «Zenit» klubi hujumchisi Sardor Azmunning kelajagi haligacha noma'lum bo'lib turibdi.
Daily Mail nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Nyukasl» klubi 27 yoshli eronlik hujumchini «Lion» safiga borib qo'shilishini barbod qilmoqchi.
Garchi, eronlik hujumchining «Zenit» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etishiga qaramay, Sankt-Peterburg klubi Azmunning transferidan 3 million funt ishlab olmoqchi, lekin «Lion» bunday mablag'ni to'lamasligini ma'lum qildi.
Bundan esa «Nyukasl» unumli foydalanib qolmoqchi. "Qora-oqlar" jarohat olgan Kallum Uilsonni o'rnini Azmun bilan to'ldirmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298