Qilichbozlik. Sablyachilarimiz yilning ilk yig'iniga jo'nab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Bugun erta tongda sablya bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari yilning dastlabki yig'inida ishtirok etish uchun Gruziyaga jo'nab ketdi. Tbilisida o'tadigan mashg'ulotlar 18 yanvarga qadar davom etadi. Unda sablyachilarimiz Turkiya, Bolgariya, Gruziya va Rossiya vakillari bilan shug'ullanishadi.
Rejaga ko'ra, ushbu yig'indan so'ng jamoamiz Tbilisida ushbu yo'nalishda o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi Gran-pri turnirida qatnashadi. Tarkibga Zaynab Dayibekova, Paola Pliego, Sherzod Mamutov, Bobur Rasulov kabi asosiy va yoshlar jamoamizning 19 nafar vakili jalb qilingan.
Manba: Olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308