"Nyukasl" Kiran Tripper bilan shartnoma imzolashiga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

"Nyukasl Yunayted" klubi "Atletiko Madrid"ning ingliz himoyachisi Kiran Tripper bilan shartnoma imzolay olishiga ishonchi komil, deb yozdi insayder Fabritsio Romano Twitter sahifasida.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi angliyalik uchun taxminan 25 million funt to'laydi.Bundan tashqari, kelajakda bu transfer uchun Ispaniya klubiga bonuslar ham to'lanishi mumkinligi aytilmoqda. Futbolchining o'zi Angliyaga ko'chib o'tmoqchi, Madrid klubi esa uning o'rniga o'rinbosar qidira boshlagan.
Joriy mavsumda Tripper Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasining 17 ta o'yinida birorta ham gol urishga muvaffaq bo'lmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357