Rangnik "MYu"ning "Vulverxempton"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyati sababini izohladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik Angliya chempionatining 21-turida "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda (0:1) jamoasining mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.
"Biz yakka tartibda ham, jamoada ham eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmadik. Birinchi bo'limda gol o'tkazib yuborishdan zo'rg'a uzoqlashdik. Ikkinchi bo'limda uchta himoyachidan iborat tarkibga o'tganimizdan so'ng o'yinni nazorat qildik.
Mag'lubiyatdan hafsalamiz pir bo'ldi. "Vulverxempton" biz o'ynagan eng yaxshi jamoa. Harakat qilsak ham pressing qila olmadik. Ammo bizning hali qiladigan ishimiz ko'p”, deydi murabbiy.
"Manchester Yunayted" 19 o'yinda 31 ochko bilan APL turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
358