MYu o'zi uchun rekord summaga yarim himoyachi sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

"Manchester Yunayted" "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Raysga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi "TodoFichajes".
Manba bergan xabarga ko'ra, mankunianliklar qishki transfer oynasida futbolchi sotib olish niyatida va u uchun 115 million evro to'lashga tayyor. Agar kelishuv amalga oshsa, Rays "Manchester Yunayted" tarixidagi eng qimmat xarid bo'ladi. Klub rekordi yarim himoyachi Pol Pogbaga tegishli bo'lib, u uchun klub 105 million evro to'langan.
22 yoshli Rays joriy mavsumda “Vest Xem” safida barcha turnirlarda 24 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360