Rangnik Pogba haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik yarim himoyachi Pol Pogba bilan shartnoma uzaytirilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. Futbolchi bilan amaldagi kelishuv mavsum oxirigacha tuzilgan.
"Yangi shartnoma imzolash haqida gapirishdan oldin u o'z formasini tiklashi kerak. Dubaydan qaytgach u bilan gaplashdim, endi hammasi uning qo'lida. Men uni qolishga ishontirishimga hojat yo'q", - dedi Rangnik.
Joriy mavsumda Pogba barcha turnirlarda 13 ta o'yin o'tkazib, 7 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338