Lukaku "Chelsi"ning bugungi mashg'ulotlarida ishtirok etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku bugun jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulotdan suratlar klub matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
Avvalroq, futbolchi "Liverpul"ga qarshi o'yinni (2:2) o'tkazib yuborgandi. U bosh murabbiy Tomas Tuxelning Italiya matbuotiga bergan bahsli intervyusidan so'ng qabul qilgna qarori bilan qaydnomaga kiritilmagan edi. Belgiyalik futbolchi "Chelsi"ning o'yini va Tuxelning usullaridan norozi ekanligini aytib, "Inter"ga qaytish istagini ham ma'lum qildi.
Tuxel o'yindan so'ng vaziyatni tartibga solishini va futbolchining jamoaga qaytishi mumkinligini qayd etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283