Torres: "Gvardiola va Enrikedan olgan bilim yordam beradi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Kataloniyaning "Barselona" klubi yangi futbolchisi Ferran Torres tanishtiruv marosimidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi
"Barselona" – dunyoning eng zo'r klublaridan biri, bu erda katta raqobat bo'ladi. Men klubning rivoji uchun o'z hissamni qo'shishga tayyorman. Men chap qanot hujumda ham o'ynashga tayyorman. Lekin, maydonda qaysi pozitsiyada o'ynashimni bilmayman, umuman olganda bu ahamiyatga egamas.
Men Ispaniyaga, dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qaytayotganimni ko'p marta aytganman. Men "Barselona"dan taklif olganimda o'ylanib ham o'tirmadim. Bu men uchun imkoniyat.
Pep Gvardiola va Luis Enrike kabi murabbiylar olgan bilim "Barselona"da o'ynab ketishimga yordam beradi. Men bu erga o'tishni doim xohlaganman. Xavi menga katta ishonch bildirayotganini sezib turibman", – dedi Torres Marca nashriga.

Bosh sahifaga
233