«China cup-2019». Urugvay chempion!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2690

Bugun Xitoyda "China cup-2019" musobaqasi yakuniga etdi. Finalda Urugvay terma jamoasi Tayland darvozasiga javobsiz uchta gol kiritib, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.
Gollarga Vesino, Perreyro, Stuani va Gomes mualliflik qilishdi. Shu tariqa Urugvay musobaqa chempioniga aylandi. Tayland jamoasiga kumush medallar nasib qildi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi esa 3-o'rin uchun bahsda Xitoyni mag'lubiyatga uchratgani haqida avval xabar berib o'tgandik. "China cup-2019" Tailand - Urugvay 0:4 Gollar: Vesino 6, Pereyro 38, Stuani 58, Gomes 88.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194