Lam: «Sport – bu siyosat! Olimpiada Pekinda, JCh esa Qatarda o'tkaziladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Filipp Lam Halqaro sport tashkilotlarining noto'g'ri ish olib borayotganini keskin qoraladi. Uning fikricha, bugungi kunda siyosat muay'yan qarorlar qabul qilishda etakchi o'rinlarni egallaydi.
«Sport – bu siyosat, Olimpiada o'yinlari Pekinda o'tkazilyapti, futbol bo'yicha Jahon chempionati esa Qatarda. Bu davlatlarning muammolari ham hamma biladi. Men Germaniyada, demokratik davlatda tug'ilganimdan xursandman. Futbolchilar qandaydir vaziyatlarni ommaga etkaza olishlariga ishonaman. Ular – jamoatchilik odamlari va biror narsaga qattiq ta'sir qilish kuchiga ega. Hozir dunyoga sodda nazar bilan qaray olmaysiz», - dedi Lam Germaniyaning Tribuna portali bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Qatar davlati bir necha marotaba inson huquqlarini buzgani uchun tanqid qilingan. Ayrim davlatlar futbol federatsiyalari, jumladan, Daniya futbol ittifoqi Jahon chempionatini Qatarda o'tkazilishiga ochiqchasiga qarshilik qilib chiqqan.

Bosh sahifaga
235