"Tottenxem" "Real Madrid" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 206

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Ispaniyaning "AS" nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte o'z tarkibida texnikasi kuchli yarim himoyachini ko'rmoqchi. O'z navbatida jamoa raxbariyati bunday shartlarga "Real" zahirasida qolib ketayotgan Isko to'liq mos tushadi, deb o'ylamoqda. Tomonlar tez orada muzokaralarni boshlaydi.
Ma'lumot uchun, 29 yoshli Isko La Liganing joriy mavsumida 8 o'yinida maydonga tushib, 1 gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273