"Barselona" Dembele bilan muzokaralar o'tkazmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Barselona" sport direktori Mateu Alemani klubning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydigan frantsiyalik hujumchi Usmon Dembelening vakillari bilan yana uchrashish niyati yo'qligini aytdi.
“Usmon Dembele va uning agenti bilan uchrashuv rejalashtirilmagan. Ular "Barselona"ning pozitsiyasi va qarorini bilishadi. Biz bu kelishuvni uzoq davom ettira olmaymiz. Biz Dembeledan taklifimizga yakuniy javob kutamiz”, - deya fikr bildirgan Alemani.
Oldinroq 24 yoshli Dembelening vakili "Barselona"dan yangi shartnoma uchun bajarish imkonsiz shartlar so'ragani, shu sababli tomonlar o'rtasidagi muzokaralar cho'zilib ketgani haqida xabar berilgandi.
Manba: www.championat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276