"Chelsi" Tuxelning Lukaku borasidagi qarorini kutmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Bugun "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel yana hujumchi Romelu Lukaku bilan gaplashadi.
Jurnalist Fabritsio Romano yozganidek, yaqin soatlarda Tuxel va Lukaku o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi. Murabbiy futbolchi bilan uning intervyulari, his-tuyg'ulari va xatti-harakatlarini muhokama qiladi. Ular echim topishga harakat qilishadi.
"Chelsi" hozirgi vaziyatni izohlamayapti, chunki ular Tuxelning qarorini kutishmoqda. London klubi futbolchini yanvar oyida uni sotish yoki ijaraga berish niyatida emas.
Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi London klubi safida barcha turnirlarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276