Ziesh Afrika Millatlar kubogiga bormaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 104

"Chelsi" yarim himoyachisi Xakim Ziesh Marokash terma jamoasi bilan Afrika Millatlar Kubogiga bormaydi. Futbolchi turnir uchun qaydnomaga kiritilmagan. Bu haqda Marokash Qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Fauzi Lakja ma'lum qildi.
“Biz u jamoaning etakchisiga aylanadi va muvaffaqiyat sari etaklaydi, deb umid qilgandik. Ortiqcha bu haqda to'xtalib o'tirmayman”, – dedi funktsioner.
Ma'lumot uchun, Ziesh Marokash terma jamoasining so'nggi 10ta o'yinini o'tkazib yubordi. Mish-mishlarga ko'ra, futbolchi milliy terma jamoa ustozi Vaxid Halilxojich bilan janjallashib qolgan. Yarim himoyachi iyun oyidan beri Marokash terma jamoasida o'ynamadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287