Saloh ketma-ket beshinchi mavsum bunday natijani qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Angliya Premer-ligasi 21-turi doirasida “Chelsi” 2 yanvar kuni Londondagi “Stemford Brij” stadionida “Liverpul”ni qabul qildi. Jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
“Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh uchrashuvda gol urdi. 29 yoshli futbolchi APLda ketma-ket beshinchi mavsumda 25 yoki undan ko'p gol+assist natijasini qayd etmoqda.
Angliya chempionatining joriy mavsumida uning hisobida 16 ta gol va 9 ta golli uzatma bor. Faqatgina Terri Anri APL tarixidagi eng uzun seriyaga ega bo'lib, u ketma-ket 7 mavsumda - 1999 yildan 2006 yilgacha 25 dan ortiq muvaffaqiyatli harakatlarni amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, Muhammad Saloh 2017 yilning yozida "Roma"dan "Liverpul"ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277