Saudiya Arabistoni grandi Obameyangni o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

"Arsenal"ning 32 yoshli gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyangga Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi qiziqish bildirmoqda. Jamoaga ayni vaqtda taniqli mutaxassis Leonardo Jardim boshchilik qilmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, futbolchiga 3 yillik shartnoma taklif qilingan. Ammo Obameyangning ustuvor vazifasi faoliyatini Evropada davom ettirish bo'lib qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, dekabr oyi o'rtalarida Obameyang jiddiy intizomiy qoidabuzarlik tufayli "Arsenal" sardori maqomidan mahrum qilingan edi. Endi taxminlarga ko'ra, gabonlik yanvar oyida "Arsenal"ni tark etishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274