Lukaku Londonning boshqa klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 295

"Chelsi" klubining 28 yoshli belgiyalik hujumchisi Romelu Lukaku klubini o'zgartirishi kutilmoqda. U "aristokratlar"ning asosiy raqobatchilardan biri - "Tottenxem" safiga borib qo'shilishi mumkin. Bu haqda La Gazette Dello Sport nashriga tayanib InterNews24 xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchining yana italiyalik Antonio Konte boshchiligida ishlash istagi bunda asosiy rol o'ynashi mumkin. O'z navbatida, "Tottenxem" "Fiorentina"ning iqtidorli hujumchisi Dushan Vlaxovich uchun taklif jo'natmasdan, transfer maqsadini o'zgartirishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
277