"Barselona" Morataga qiziqishda davom etmoqda. Xavi futbolchi bilan aloqada
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

“Atletiko” klubidan ijaraga olingan “Yuventus” hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi. Ispaniya klubi bosh murabbiyi Xavi futbolchi bilan doimo qo'ng'iroq orqali gaplashib turadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano Twitterda xabar berdi.
"Yuventus" yozda 29 yoshli Moratani 40 million evroga sotib olish variantini faollashtirmaydi, ammo o'rniga futbolchi topilmaguncha, yanvar oyida ispaniyalik hujumchini qo'yib yuborishga tayyor emas.
Morata joriy mavsum A Seriya va Chempionlar ligasining 23 ta o'yinida 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Championat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
274