Karrager: "Mana nima uchun "Liverpul" joriy mavsum chempion bo'la olmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Angliyaning «Liverpul» klubi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Chelsi» (2:2) klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan keyin, nima uchun Yurgen Klopp jamoasi joriy mavsum chempion bo'la olmasligini gapirdi.
«Mana nima uchun «Liverpul» joriy mavsum chempion bo'la olmaydi. «Liverpul» xuddi «Manchester Siti» kabi joriy mavsum 17 ta uchrashuvda hisobda oldinda bordi. «Manchester Siti» o'sha uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi, «Liverpul» bo'lsa o'sha o'yinlarning 12 tasida g'olib bo'ldi.
Joriy mavsumda «Liverpul» o'yinni o'z nazoratiga ola bilmayapti. Biz buni bugun va «Tottenxem»ga qarshi o'yinda ko'rdik», – dedi Karrager.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
280