"Milan"ning uch nafar hujumchisi safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Italiyaning "Milan" klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qo'shildi. Bu haqda Calciomercato portali xabar tarqatmoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, 40 yoshli shvetsiyalik futbolchi jarohatidan to'liq forig' bo'lgan va "Milan"ning keyingi uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin.
Shuningdek, Ante Rebich va Rafael Leaular ham jamoaning umumiy mashg'ulotlarida ishtirok etishdi, lekin, faqatgina ma'lum dasturlar asosida.
Bu uch futbolchi ham "Milan"ning 6 yanvar kuni "Roma" jamoasiga qarshi bo'ladigan o'yiniga tayyor bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
419