Anchelotti yangi yilning ilk kunidagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qarshi oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Ispaniya La Ligasining 19-turida «Xetafe» o'z maydonida «Real» klubini qabul qildi va 9-daqiqasida Unal tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Ushbu mag'lubiyat «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelottining Yangi yilning dastlabki kunlaridagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyatidir.
2021 yilning 1 yanvar kuni «Everton» Anchelotti qo'l ostida «Vest Xem» (0:1) klubiga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, 2020 yilning 2 yanvar kuni «Manchester Siti» (1:2) klubidan mag'lubiyatni qabul qilib olgandi.
Ungacha esa Anchelotti 2015 yilning 4 yanvar kuni «Real» klubi bosh murabbiyligida«Valensiya» (1:2) jamoasiga imkoniyatni boy bergandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
417