Dubayda dam olayotgan "Borussiya" futbolchisida koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Dortmundning "Borussiya" klubi qishki tanaffus paytida jamoa futbolchilarida koronavirus aniqlangani haqida xabar tarqatdi.
Jamoa himoyachisi Dan-Aksel Zagaduning koronavirus uchun topshirgan testi musbat natija ko'rsatdi. U Rojdestvo bayramini Dubayda o'tkazdi, endi u shanba kuni "Ayntraxt" klubiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur.
"Frantsiyalik futbolchimiz o'z dam olayotgan Dubayda karantinga olindi", - deb yoziladi "Borussiya" bayonotida.
Klub sog'liqni saqlash departamentini futbolchining infektsiyasi haqida ogohlantirdi. Jamoa bosh murabbiyi Marko Rouz dushanba kunidan boshlab mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko'radi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372