"Roma"ning ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

“Roma”ning ikki futbolchisi koronavirusga chalindi. Kasallangan futbolchilarning ismlari oshkor etilmadi, biroq ularning har ikkisi ham koronavirusga qarshi emlangani ta'kidlanmoqda.
"Klub oxirgi tekshiruvlar natijasida asosiy tarkibning ikki futbolchisida koronavirus aniqlanganini tasdiqlashi mumkin. Bu haqda zudlik bilan tegishli sog'liqni saqlash organlariga xabar berildi. Emlangan futbolchilarning ahvoli yaxshi. Ular izolyatsiyaga jo'natildi", - deyiladi "Roma" rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372