Xalqaro dzyudo federatsiyasi qoidalarga o'zgartirish kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

Har Olimpiya tsiklida deyarli barcha sport turlarida qonun-qoidalarga o'zgartirishlar kiritiladi. Bu borada Xalqaro dzyudo federatsiyasi ham qoidalarga kichik o'zgarishlar qilishga qaror qilgan. Federatsiya saytida Parij-2024 Olimpiada tsikli uchun yangi qoidalar haqida videodastur chop etildi. Unda IJF hakamlar supervayzeri va sharhlovchisi Neyl Adams batafsil tushuntirish bergan. Masalan,
Hujumga o'tgan dzyudochi usulni bajarishda tanaffussiz harakatni oxiriga etkazsa, doimgidek baho beriladi. Biroq baho keltirilmagan harakatdan so'ng erdagi raqibga boshqa usul qo'llash bundan buyon ochko keltirmaydi.
Usulga tushib qolgan dzyudochi yiqilayotganda tirsagi yoki qo'lini matga qo'yib olsa, raqibiga baho berilishi barbarida o'ziga shido (ogohlantirish) ham ko'rsatiladi.
Dzyudochilar tilida aytganda, koreys yoki mo'g'ilcha yo'nalishdagi seo-nagi usulini bajarish ham taqiqlanib, bunday usulga o'tgan vakilga shido beriladi.
Kurash vaqtida raqibning kimonodan ushlash holatini uzsayu, o'zi darhol hujumga o'tmasa, shido ko'rsatiladi.
Bellashuv vaqti kiyim va sochlarni tartibga keltirib olish uchun qo'shimcha 1 marotabadan ruxsat beriladi. Ikkinchi va uchinchi shunday urunishlar vaqt cho'zishga urunish deb hisoblanib, bu ishni qilgan dzyudochi shido bilan jazolanadi.
Bu yangi qoidalarning ba'zi e'tiborlilari. Bu haqida batafasil Xalqaro dzyudo federatsiyasining rasmiy saytida tanishib olish mumkin. Mazkur o'zgarishlar 26-28 yanvar kunlari Portugaliyaning Odivelash shahrida o'tadigan Gran-pri musobaqasidan boshlab Parij-2024 tsikli yakunigacha amal qiladi.

Bosh sahifaga
390