Xitoydagi turnir O'zbekiston milliy termasi uchun kerak edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4681

Birinchidan, raqiblar qiziq edi. Xitoy bilan ko'p ham o'ynayvermaymiz. Urugvay bilan esa imkon topilib qolsa, o'ynayverish kerak, nimadir olamiz. Tailand ham biz uchun yaxshi raqib bo'la olardi.
Ikkinchidan, masofa uzoq emas. Tashkiliy ishlarning hammasi mezbonlar gardanida. Osiyo kubogigacha O'zbekiston ko'proq Toshkentda o'ynashga harakat qildi. Safar esa faqat Avstraliyadan iborat bo'lib, o'rtoqlik o'yinlarida mezbon jamoa bilan o'ynamagandik.
O'FA xalqaro bo'limi keyingi FIFA kuni uchun raqiblar bilan kelishish ustida ish olib boryapti. Keyingi FIFA kunlari 3—11 iyun oralig'ida bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202