"Milan" uch nafar hujumchiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

Italiyaning «Milan» klubi «Torino» hujumchisi Andrea Belottiga qiziqish bildirmoqda.
Shu tariqa, "Milan" tarkibdagi ikki yoshi katta hujumchilar - Zlatan Ibragimovich va Olive Jirularning o'rnilarini to'ldirmoqchi.
Calciomercato.com portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «rossonerlar» «Torino» bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamayotgan Belottiga qiziqmoqda.
Shuningdek, "Milan" short-listida Belottidan tashqari, «Sassuolo» hujumchisi Djanluka Skamakka va «Piza» hujumchisi Lorentso Lukkalar ham bor.
Qayd etish kerakki, Belotti o'z intervyularida bolaligidan "Milan" muxlisi ekanligini bir necha marotaba aytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
432