"Latsio" himoyachisi Rossiya grandi safiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

“Latsio” himoyachisi Luis Felipe faoliyatini Rossiya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi "Correira Dello Sport".
Manbaga ko'ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchiga "Zenit" qiziqish bildirmoqda. Felipe "Latsio" bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Tez orada Italiya fuqaroligini olishi mumkin bo'lgan futbolchi Rim klubida yiliga 2,5 million evro ishlab olmoqchi. "Latsio" esa 2 million evrodan sal kamroq shartnoma taklif qilmoqda. 2022 yilning yozida Felipe shartnomani uzaytirmasa, erkin agentga aylanadi. Uning xizmatlariga "Zenit"dan tashqari "Valensiya" ham qiziqmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
398