"Barselona" de Ligt transferidan voz kechishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Yuventus" himoyachisi Matteys De Ligt transferidan voz kechishi mumkin.
Ispan matbuoti xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" De Ligt bilan shartnoma tuzish g'oyasidan voz kechishga tayyor. Xavi niderlandiyalik futbolchini juda qadrlaydi, biroq "Barsa" rahbariyati jamoa tarkibini iloji boricha ispaniyalik futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi. Shu sababli, endi asosiy e'tibor "Man Siti" himoyachisi Aymerik Lyaport bilan shartnoma tuzishga qaratiladi.
Avvalroq "keksa sinora" Matteys transferidan kamida 60 million evro ishlab olishni niyat qilgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
423