"Neftchi" yangi transferni amalga oshirdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Yangi futbol mavsumiga qizg'in tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" futbol klubi selektsiya negizida jamoa tarkibini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda. Jumladan yakuniga etgan mavsumni Qarshining "Nasaf" jamoasida o'tkazgan mahoratli yarim himoyachi Doniyor Nazrullaev bilan 1 yillik shartnoma imzolandi.
Doniyor Nazrullaev "Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'z vaqtida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida o'zining yorqin o'yinlari bilan ko'zga tashlangan yarim himoyachi bo'lgan.
"Neftchi" PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi jamoaning yuksak marralarga erishishi uchun klub sharafini munosib himoya qilishida Doniyor Nazrullaevga omadlar tilab qoladi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339