"Borussiya D" va "Real" o'rtasida kelishuv yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland faoliyatini qaerda davom ettirishi borasida bahslar davom etmoqda.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romano Twitterda xabar berishicha, "Borussiya D" va "Real Madrid" o'rtasida Xoland transferi bo'yicha hech qanday kelishuv yo'q.
Norvegiyalik forvardning kelajagi faqatgina 2021/22 yil oxirida hal bo'ladi.
Avvalroq Erling uchun kurashda "Barselona", "Manchester Siti" va "Real Madrid" etakchiligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331