«Lion» bu transferni amalga oshirishga shoshilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

«Lion» «Zenit» hujumchisi Serdar Azmunning transferi ustida faol ish olib bormoqda.
Azmun va uning otasi «Lion» vakillari bilan bir necha bor uchrashgan. «Sherlar» ushbu transferni imkon qadar tezroq amalga oshirishni xohlamoqda.
Avvalroq, frantsuz klubi 26 yoshli hujumchi uchun 4 million evro taklif qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Hujumchining Peterburg klubi bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsum eronlik futbolchi «Zenit» safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294