Rasman! «Monako» Kovachni iste'foga chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

«Monako» bosh murabbiyi Niko Kovach lavozimidan ozod etilgani haqida klub o'z rasmiy saytida e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, Kovach frantsuz klubini 2020 yilning iyulida qabul qilib olgan edi. Uning shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan.
Frantsiya chempionatining 19-turidan keyin «Monako» 19 uchrashuvda 29 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.
Oldinroq klub Kovachga o'rinbosar topib bo'lgani haqida xabar berilgandi. Uning o'rnini «Bryugge» bosh murabbiyi Filippe Kleman egallaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310