Xoland muxlislariga o'z rejasini oshkor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 406

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland tez orada klubini o'zgartirishi mumkin.
21 yoshli futbolchi Rojdestvo bayramini Marbeleda o'tkazmoqda.
Muxlislar norvegiyalik futbolchini tanib, uning kelajagi haqida savol berishdi. Erling esa bunga «men bu erda, Ispaniyada o'ynayman» deb javob bergan.
Avvalroq, La Ligada hujumchiga ikki klub - «Real» va «Barselona» qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Joriy mavsum norvegiyalik futbolchi «Borussiya» safida barcha turnirlar doirasida 16 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
307