Xavi: "Ertaga 17-18 nafar futbolchilarimizning xizmatidan foydalana olmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Xavi La Liga doirasida «Malorka» jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Jamoa ekstremal holatda – biz 17-18 nafar futbolchilarning xizmatidan foydalana olmaymiz.
Umtiti koronavirusga chalingan. Yana ikki nafar futbolchimiz diskvalifitsiyaga uchragan, olti nafar futbolchimiz jarohat olgan.
Bunday holatda turnirni adolatsiz deb aytish mumkin. Chunki, o'shanda «Sevilya»ning to'rt nafar janubiy amerikalik futbolchilari etib kelmagan.
Qoidalar qattiq. Biroq, boshqa ilojimiz yo'q, mavjud futbolchilar bilan o'ynashga majburmiz.
«Malorka»dagi ahvol ham deyarli bizniki bilan bir xil. "Barselona" va "Real" basketbol jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Ertaga o'ynashdan ma'no yo'q. Vaziyat juda yomon, lekin biz baribir uch ochko olish uchun maydonga tushamiz», – dedi Xavi.

Bosh sahifaga
417