«Real» Marselo o'rniga «Yuventus»dan himoyachi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

Turinning «Yuventus» klubi himoyachisi Aleks Sandroni xizmatiga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda.
"Qaymoqranglilar" rahbariyati jamoani tark etishi kutilayotgan Marseloni o'rnini Aleks Sandro bilan to'ldirmoqchi ekanligi haqida Fichajes xabar tarqatmoqda.
30 yoshli Sandro "Yuventus" tarkibida 2015 yildan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsum u "Yuventus" tarkibida 23 ta uchrashuv o'tkazib, bitta golga mualliflik qildi. Sandroning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali himoyachining narxini 12 million evro atrofida baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
402