Mikolenko: "Bu hayotimdagi qiyin va muhim qadamdir"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Kievning "Dinamo" jamoasidan Angliyaning "Everton" klubiga ko'chib o'tgan Vitaliy Mikolenko dastlabki intervyusini berdi.
"Bu jamoaga kelib qo'shilganimdan xursandman va "Everton" libosida g'alaba qozonish uchun bor kuchimni ishga solaman. Men jamoani ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlaydigan muxlislar oldidagi ma'suliyatdan havotirdaman.
Bu mening hayotimdagi qiyin va muhim qadamdir, lekin men o'sishim kerak. Garchi, hozir yoshimda 22da bo'lsada, o'zimni yosh deb his qilmayman. Men Evropa darajasida tajribaga egaman.
"Mening asosiy pozitsiyam — chap qanot himoyachisi, lekin markazda yoki o'ng qanotda ham o'ynashim mumkin. Shuningdek, men hujumlarga qo'shilishni juda yaxshi ko'raman. Umid qilamanki, men bu erda sezilarli darajada o'sishim kerak" - dedi Mikolenko.

Bosh sahifaga
391