Tuxel: "Emerson borasida shoshmay turamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Londonning "Chelsi" klubi mavsumning qaynoq paytida tarkib borasida jiddiy muammolarga duch keldi. Ayni paytda jamoa tarkibida atigi bitta qanot himoyachisi qoldi.
Bu esa "ko'klar"ni qishki transfer oynasida faol ishtirok etishlariga majbur qiladi, biroq, "Chelsi" yangi futbolchilarni xarid qilish borasida shoshma-shosharlikka yo'q qo'ymoqchi emas.
"Biz foydalanmoqchi bo'lgan imkoniyatlardan biri — Emerson Palmerining qaytarish, ammo biz hozirgi holatni jiddiy tahlil qilishimiz kerak.
"Lion"da to'p surayotgan futbolchi borasida to'liq ma'lumotga ega emasmiz, shuningdek, frantsiyaliklarning muddatdan oldin futbolchimizni ortga qaytarish borasidagi fikrini ham bilmaymiz.
Yaqin kunlar ichida bu borada ish olib boramiz, shundan so'ng futbolchining keyingi taqdiri haqida gaplashamiz", — dedi Tomas Tuxel.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Emerson ayni paytda Frantsiyaning "Lion" tarkibida ijara asosida o'ynamoqda.

Bosh sahifaga
391