«Yuventus» yangi hujumchi topa olmasa Moratani qo'yib yubormaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

«Yuventus» hujumchisi Alvaro Morataning «Barselona»ga ko'chib o'tishi turinliklarning yangi hujumchi topishlariga qarab qolmoqda.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, kataloniyaliklar 29 yoshli futbolchiga shartnoma taklif qilishdi. «Yuventus» esa Morataga huquqiy jihatdan egalik qilayotgan Madridning "Atletiko" klubiga 40 million evro to'lamoqchi emas.
Biroq, vaziyat chigal bo'lsa-da, «Yuventus» agar qishda yangi hujumchi topa olmasa, Morataning ketishiga ruxsat bermaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
392