«MYu» o'z futbolchisi uchun «Napoli»dan 1 million evro talab qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Italiyaning «Napoli» klubi «Manchester Yunayted» bilan Aksel Tuanzebeni mavsum oxirigacha ijaraga olish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Qizil iblislar" o'z futbolchisining ijarasi uchun 1 million evro talab qilmoqda. «Napoli» esa 400 ming evro to'lashga tayyor. Bu borada muzokaralar davom etmoqda.
24 yoshli himoyachi ayni paytda "Aston Villa" klubida ijara asosida o'ynamoqda. Birmingemliklar futbolchini o'tgan yilning avgust oyida ijaraga olishgandi.
Futbolchining o'zi «Napoli» jamoasiga o'tishga rozi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
392