Rasman! Mikolenko "Everton" futbolchisi! (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

Kievning «Dinamo» klubi o'zining rasmiy saytida Vitaliy Mikolenkoni Angliyaning «Everton» klubiga ko'chib o'tganini rasman e'lon qildi.
«FK «Dinamo» (Kiev) Vitaliyga jamoada o'tkazgan yillari uchun minnatdorchilik bildiradi va Angliya Premer-ligasidagi faoliyatiga omad tilaydi», — deyiladi rasmiy bayonotda.
Evropa-2020da Mikolenko terma jamoa tarkibida to'rtta uchrashuv o'tkazdi. Joriy mavsum Ukraina chempionatida esa 22 yoshli futbolchi 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qildi.
Mikolenko «Dinamo» tarkibida jami 132 ta uchrashuvda o'ynadi va raqiblari darvozasiga 7 ta gol kiritdi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
392