Konte: "APLda to'rtta rivojlanayotgan klublarni ko'ryapman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

Londonning "Tottenxem" klubi APLning 21-tur doirasida "Uotford" jamoasi mehmoni bo'ladi.
Ushbu bahsdan oldin "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Futbolchi so'nggi paytlarda ancha raqobatdosh bo'lib ketdi. Angliyadan EChLda ishtirok etish uchun raqiblarning birini muvaffaqiyatsizlikka uchrashini kutishga to'g'ri kelyapti. Hozir sezilarli dajarada rivojlanayotgan to'rtta klub bor, boshqalar esa sezilarli sarmoyalar yordamida ularga etib olishga harakat qilishmoqda.
Gap faqat transfer bozorida emas. Futbol — oson soha emas. Bu nafaqat pul, balki yuqori sifatli qurilishdir. Men "Tottenxem"ga aynan mana shu narsa uchun kelganman, shu sababli, juda qiyin bo'lishini sezib turibman. Hamma mendan EChLga chiqish haqida so'ramoqda, to'g'risini aytaman, ozroq vaqt kerak, muxlislarga esa sabr" - dedi Konte.

Bosh sahifaga
391